Yangiliklar

Xitoy mudofaga xarajatlarni oshiradi

2024 yilda harajat 7 foizdan ko‘proq o‘sadi
Foto: Inbusiness.kz

Xitoyning 2024-yilda mudofaa xarajatlari 1,67 trillion yuanni (taxminan $231,4 mlrd) tashkil qiladi. Global Times ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga ko‘pdir.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich «Xitoyning milliy mudofaani rivojlantirishdagi oqilona, ​​vazmin va barqaror qadamlarini aks ettiradi».

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati bu yil mamlakat iqtisodiy o‘sishini 5 foizga ta’minlash niyatida. Shahar va aholi punktlarida 12 milliondan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Davlat sarmoyasi hajmi 700 mlrd yuanni ($97,2 mlrd) tashkil etadi.