Dollarning qiymati 20 so‘mdan yuqoriga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 12 534,01 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

12-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 21,00 so‘mga o‘sdi va 12 534,01 so‘mni tashkil qildi. Mamlakat Markaziy banki ham AQSh valyutasini kursini shu darajada belgiladi.

Bugun banklar dollarni 12 450 – 12 480 so‘mdan xarid qilishmoqda. Aholi esa dollarni moliya institutlaridan 12 515 – 12 575 so‘mdan sotib olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni AQSh valyutasini narxi 9,90 so‘mga qimmatlashgan edi.

Shuningdek