O‘zbekistonda besh grammlik oltin quyma narxi yana rekordlarni yangiladi

eʼlon qilindi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: AntonMatyukha/Depositphotos

Og‘irligi besh gramm bo‘lgan oltin quyma narxi yangi rekordlarni o‘rnatishda davom etmoqda. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 12-mart holatiga koʻra, besh grammlik oltin 4,514 mln soʻmga baholangan.

 Shuningdek, regulyator ellik grammlik quymaning narxini 45,1 mln so‘mga oshirdi. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 44,9 mln so‘mni tashkil qilgan edi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda oltin quymalari narxi olti ish kuni ichida oshib bormoqda.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2,3 mlrd kamaygani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek