Oʻzbekistonda eksport agentliklari va jamgʻarmalari oʻrniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eksportni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan taqdimotda maʼlum qilindi.
Kompaniya mahalliy eksportchilarga yangi bozorlarga chiqish va oʻzbek brendlarini xalqaro maydonda targʻib qilishga yordam beradi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi tadbirkorlik subsidiyalari va kompensatsiyalar berish uchun masʼul etib tayinlandi.
Bundan tashqari, 12 ta tarmoq va sanoat uyushmalarini respublika Savdo-sanoat palatasi tizimiga oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu orqali davlat eksport masalalarini hal qilishni tadbirkorlarning oʻziga topshirish imkonini beradi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston joriy yil yakuniga qadar $25 milliardlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan. Yanvar oyidagi eksportning hajmi $1,1 milliardni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 47,1 foizga kamdir.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchilar moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishi haqida xabar bergan edi.