Telegram IPO’ga chiqishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya egasi ma'lum qildi
Foto: Unsplash

Telegram messenjeri qiymati $30 mlrd oshdi. Kompaniya rahbariyati biznesni sotish niyati yo‘q, ular IPO (aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish) orqali qo‘shimcha moliyalashtirishni rejalashtirmoqda, dedi Telegram asoschisi va egasi Pavel Durov.

 «Biz mustaqil qolishni istaymiz. Bundan tashqari, biz IPOdagi qiymatni Telegram’ga kirishni demokratlashtirish vositasi sifatida ko‘ramiz», — dedi Durov Financial Times nashriga bergan intervyusida.

Kompaniya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, u Telegram’ni «bu yil bo‘lmasa, kelasi yili» foydaga olib chiqish niyatida. Premium-obuna funksiyasi messenjerga yiliga «yuzlab million dollar» olib kela boshladi.

Telegram auditoriyasi 900 mln foydalanuvchini tashkil etadi. Uch yil avval bu ko‘rsatkich 500 mln.

Avvalroq «Kursiv» Durov Telegram’ni Instagram va Facebook’dan ishonchliroq deb ataganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek