Endilikda Uzum Pay orqali benzin va dori-darmonlarni muddatli toʻlovga olish mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda "Kursiv"ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Uzum matbuot xizmati

Uzum oʻzining uchta moliyaviy xizmatlari — Bank, Nasiya va Payʼni integratsiyalashtirish boʻyicha asosiy ishlarni yakunladi. Endilikda Uzum Pay orqali koʻplab xizmat va mahsulotlarni muddatli toʻlovga xarid qilish imkoniyatini taklif qilinmoqda. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bu orqali toʻlovlarni Uzum Pay orqali qabul qilinadigan aksariyat muassasalarda boʻlib toʻlash imkoniyati paydo boʻldi. Uzum Pay ishlayotgan joylar soni hozirda minglabni tashkil etadi. Shuningdek, dastlabki toʻlovlarsiz 25 million soʻmgacha toʻgʻridan toʻgʻri ilovaning oʻzidan muddatli toʻlovga xarid qilish imkoniyatini beriladi.

Maʼlumot uchun, Uzum Pay Uzum Bank xizmati ilovasining ichida boʻlib, toʻlovlarni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Uzum market avtomobil oldi-sotdi xizmatini ishga tushirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek