Toshkent viloyatida davlatga 2,28 mlrd soʻmlik zarar keltirgan mayning fermalar aniqlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Unsplash

Huquqni muhofaza qilish organ vakillari va «Oʻzenergoinspeksiya»ning hududiy boshqarmasi hamkorlikda Toshkent viloyatida 2,28 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan oʻgʻrincha foydalangan maynerlarni aniqlandi.

Yangiyoʻl shahrida yashovchi fuqaro 10 dona «Antminer L3++» rusumli mayning qurilmalarini umumiy foydalanish elektr tarmogʻiga ulagan. Bu faoliyat bilan shugʻullanishi natijasida, davlat manfaatlariga 1,19 mlrd soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

Qibray tumanida fuqaro ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shugʻullanib, umumiy qiymati qariyb 686 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shuningdek, Qibray tumanida yana bir holat kuzatilib, fuqaro oʻz uyida kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanib kelishi natijasida davlat manfaatiga 579,5 mln soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Jizzax viloyatidagi sartaroshxonalarning noqonuniy kriptoferma tashkil qilinib, 490 mln soʻzlik elektr energiyasi oʻgʻirlanganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek