Amerika maxsus kuchlari markazida portlash yuz berdi

eʼlon qilindi
Yigirmaga yaqin odam yaralangan
Фото: Shutterstock

Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Janubiy Kaliforniya shtatidagi maxsus kuchlar o‘quv markazida noma’lum sababga ko‘ra portlash sodir bo‘ldi. Voqea joyida Federal qidiruv byurosi ish boshladi.

Hodisa oqibatida 16 nafar maxsus bo‘linma askari yaralangan. Ulardan biri og‘ir jarohat olgan, biroq uning hayoti xavf ostida emas. 15 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Ma’lumki, portlash sodir bo’lgan markazda maxsus bo’linmalar xodimlari o’qotar quroldan foydalanishni o’rgatadi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlari uchun malaka testlarini o’tkazadi.

Avvalroq fevral oyi boshida Istanbuldagi sud binosi yonida otishma yuz bergani, besh kishi yaralangani xabar qilingandi.

Shuningdek