Fargʻona va Andijon viloyatlarida 3 balli zilzila kuzatildi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha boʻlgan masofa — 262 kmni tashkil qiladi.
Foto: Sholaita Iriawan / Zuma / ТАСС

Fargʻona vodiysida mahalliy vaqt bilan 09:49 da 3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Zilzila epimarkazi Quva tumanida joylashgan. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Zilzila magnitudasi 3,3 ballni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha boʻlgan masofa — 262 kmni tashkil qiladi.

Shuningdek, Marhamat tumanida zilzila 3 ball, Asaka, Quva, Shahrixon tumanlarida 2 ballni tashkil qildi.

«Kursiv» 1-mart kuni ham Fargʻona vodiysida 2-3 magnitudali zilzila sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek