Fargʻona vodiysida mahalliy vaqt bilan 09:49 da 3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Zilzila epimarkazi Quva tumanida joylashgan. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Zilzila magnitudasi 3,3 ballni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha boʻlgan masofa — 262 kmni tashkil qiladi.
Shuningdek, Marhamat tumanida zilzila 3 ball, Asaka, Quva, Shahrixon tumanlarida 2 ballni tashkil qildi.
«Kursiv» 1-mart kuni ham Fargʻona vodiysida 2-3 magnitudali zilzila sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.