14-mart, payshanba kuni qor yog‘ishi va kuchli shamol tufayli Jizzax viloyatidagi beshta elektr tarmog‘ida nosozliklar yuzaga keldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Energetika vazirligi.
Favqulodda vaziyat tufayli Sharof Rashidov va Forish tumanlarida 1,6 ming aholi elektr ta’minotisiz qolgan.
Muammolarni bartaraf etish uchun maxsus guruhlar yuborildi. Energetika vazirligining aniqlik kiritishicha, yaqin orada elektr taʼminoti tiklanadi.
Avvalroq «Kursiv» 13-mart kuni noqulay ob-havo tufayli o‘zbekistonliklar elektr energiyasini 150 MVtga kam olgani haqida yozgan edi.