Perfectum Mobile endi davlatniki emas

eʼlon qilindi
Hozirda u to‘liq Abdumalik Iminov Validjanovichga tegishli
Rasm: Podrobno.uz

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, Perfectum uyali aloqa operatori endi to’liq jismoniy shaxsga tegishli.

2020-yilda Perfectum xususiylashtirishga tayyorlanadigan korxonalar ro‘yxatiga kiritildi. O’sha paytda tashkilotning 65 foizi davlatga, 35 foizi esa Amis Protrade International INC xorijiy kompaniyasiga tegishli edi.

Yaqinda ma‘lum bo‘lishicha, kompaniya xususiylashtirilgan bo‘lib, hozirda u to‘liq Abdumalik Iminov Validjanovichga tegishli. Shartnoma haqidagi xabarlar rasman e’lon qilinmadi.

Perfectum Mobile haqida uzoq vaqt davomida yangiliklar yo‘q edi, biroq kompaniya o’tgan yilning kuzida biznesni o‘zgartirish va yangi rahbar tayinlanishini e’lon qilgan edi.

2023-yildagi maʼlumotlarga koʻra, uyali aloqa operatori aylanmasi 85,5 mlrd soʻm edi, davlat byudjetiga 22,4 mlrd soʻm toʻlangan edi. Bu raqamlar boshqa bozor operatorlari bilan solishtirganda ancha past.

Avvalroq «Kursiv» Beeline O‘zbekiston mobil aloqa bozorida yetakchi hisoblanashini e’lon qilgan edi.

Shuningdek