Qashqadaryoda Sog‘liqni saqlash vazirligining 3 nafar xodimi o‘rinlari bilan almashishdi

eʼlon qilindi
Viloyat hokimligi qarori bilan
Foto: Unsplash

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan G‘uzor, Nishon va Kasbi tumanlaridagi tibbiyot muassasalari rahbarlarining gorizontal rotatsiyasi o‘tkazildi.

Bungacha G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika mudiri lavozimlarida ishlab kelgan Dilmurod Shaymardonov Nishon tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Endilikda G‘uzor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimiga Kasbi tumanidagi markaziy poliklinikani boshqargan Oybek Bo‘riev tayinlandi.

Nishon tuman poliklinikasining sobiq rahbari Jonibek Jo‘rayev Kasbi viloyat tibbiyot birlashmasiga rahbarlik qiladi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Bektemir tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek