Surxondaryo tadbirkor noqonuniy ravishda qum qazib olib, davlatga 4 mlrd soʻmdan koʻproq zarar yetkazdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
holat haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida tadbirkor tomonidan noqonuniy ravishda 8,7 ming kub metr qum ashyosini qazib olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qoidabuzarlik soliq inspektorlari bilan hamkorlikda aniqlandi. Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor va uning xodimlari Gulhovuz mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi daryo oʻzanida maxsus texnika yordamida xomashyo qazib olgan. Davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar bo‘lsa, 4,3 milliard soʻmni tashkil etadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida 765 million soʻmlik shagʻal noqonuniy qazib olingan edi.

Shuningdek