Toshkent yo‘llarida sakkiz balli tirbandliklar yuzaga keldi

eʼlon qilindi
Bu holat qor tufayli yuzaga kelgan
Foto: «Kursiv»

Payshanba kuni ertalab Toshkentda yog‘gan qor poytaxt yo‘llarida vaziyatni murakkablashtirdi. Yandex xizmati maʼlumotlariga koʻra, soat 09:50 holatiga koʻra, harakat intensivligi sakkiz ballga baholanmoqda.

Taxminan bir soatdan keyin vaziyat osonlashishi taxmin qilinmoqda: soat 11:00 gacha intensivlik olti ballgacha kamayishi kerak.

O‘zgidrometning xabar berishicha, 14-mart kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat +3…+5 bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 7-mart kuni Toshkentda sakkiz balli tirbandlik yuzaga kelgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Shuningdek