Payshanba kuni ertalab Toshkentda yog‘gan qor poytaxt yo‘llarida vaziyatni murakkablashtirdi. Yandex xizmati maʼlumotlariga koʻra, soat 09:50 holatiga koʻra, harakat intensivligi sakkiz ballga baholanmoqda.
Taxminan bir soatdan keyin vaziyat osonlashishi taxmin qilinmoqda: soat 11:00 gacha intensivlik olti ballgacha kamayishi kerak.
O‘zgidrometning xabar berishicha, 14-mart kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat +3…+5 bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 7-mart kuni Toshkentda sakkiz balli tirbandlik yuzaga kelgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.