Britaniyalik treyderlar O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishmoqchi

eʼlon qilindi
Tashkilot vakillarining O‘zR’ga tashrifi rejalashtirilgan
Foto: «Dunyo»

Britaniya xalqaro treyderlar gildiyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor, deb yozadi «Dunyo».

Gildiya raisi Maykl Larsen O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov bilan uchrashuvda respublika xorijiy biznes uchun jozibador bo‘lib borayotganini aytdi.

Tomonlar biznes-forum va uchrashuvlar o‘tkazish uchun britaniyalik treyderlarning mamlakatga tashrifini tashkil etish imkoniyatlari haqida kelishib oldilar.

Britaniya xalqaro savdogarlar gildiyasi 1985 yilda Piter Dryu tomonidan asos solingan va London City‘da joylashgan. Tashkilot tarkibiga Britaniya va xorijiy broker va treyderlar, bankirlar va moliya bozorining boshqa vakillari kiradi.

Har yili gildiyada global savdo masalalari muhokama qilinadigan «World Traders’ Tacitus Lecture» tadbiri oʻtkaziladi.

Avvalroq «Kursiv» Britaniya va 37 davlatdan investitsiya vositachilariga O‘zbekiston kapital bozoridagi «qumdon»ga kirishiga ruxsat berilishini yozgan edi.

Shuningdek