Otabek Bakirov: “Qoʻyliq” bozori aksiyadorlari bozorning ixtiyoriy tugatilishiga qarshi boʻlgan

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu qaror yanvar oyi oxirida qabul qilingan
Foto: Yandex karta

«Qoʻyliq» dehqon bozorining tugatilgani jamoatchilikning fikr mulohazalariga sabab boʻlmoqda. Iqtisodchi Otabek Bakirov bozor aksiyadorlari uning ixtiyoriy tugatilishiga qarshi boʻlganini taʼkidladi.

Bakirovning soʻzlariga koʻra, 31-yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda aksiyadorlar bir ovozdan ixtiyoriy tugatishga qarshi ovoz bergan va rekonstruksiya tugaguniga qadar bozor faoliyatini toʻxtatib turish tarafdori boʻlgan.

Illyustratsiya: Otabek Bakirov telegram kanali

Bundan tashqari, 24-yanvar kuni kuzatuv kengashi 53,9 mlrd soʻmlik 36,4 mln dona aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan va qimmatli qogʻozlar emissiyasi 28-fevral kuni roʻyxatga olingan.

«Aksiyalar Tugatilishidan bir kun avval aksiyalar chiqariluvi roʻyxatdan oʻtayapti. Tugatilmoqchi boʻlgan jamiyat qoʻshimcha aksiya chiqaradimi? Aksiyalar chiqariluvini davlat roʻyxatidan oʻtkazadimi?» — deb yozadi Bakirov.

Eslatib oʻtamiz, 14-mart kuni «Qoʻyliq» bozori tugatilgani maʼlum qilingan edi. Yagona korporativ axborot portali saytidagi maʼlumotlarga koʻra, bu haqdagi qaror 29-fevral kuni qabul qilingan.

Xulosa qilib aytganda, iqtisodchi tugatish aksiyadorlar yoki bozor boshqaruvchilarining qarori emasligini aytdi. Qaror «maʼmuriy bosim» ostida qabul qilingan.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi bozorlarni qanday modernizatsiya qilish haqida xabar bergan edi.

Shuningdek