O‘zbekiston prezidentining yangi maslahatchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Lavozimni Bekzot Mavlonov egalladi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Bekzot Mavlonov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar qildi respublika rahbari matbuot xizmati.

Mavlonov huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.

U bungacha prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Kursiv rejissyor Jahongir Ahmedov O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish va kinematografiya bo‘limi yetakchi inspektori bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek