Savdo kompaniyalari 2023-yilda byudjetga qancha soliq toʻlagan

eʼlon qilindi
2023-yil yakunlariga ko‘ra
Фото: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

Savdo sohasidagi korxonalar tomonidan 2023-yilda qariyb 20,3 trln soʻmga soliq toʻlandi. Bu haqda Respublika Soliq qoʻmitasi xabar bermoqda.

Shundan 1,8 trln soʻmi, yaʼni 8,8 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 42,9 trln soʻmni tashkil qilib, qoʻllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 759,1 mlrd soʻmga yetadi.

Byudjetga soliqlarning eng katta qismi Anglesey Food kompaniyasi tomonidan toʻlangan – 208,8 mlrd.

Intermax Petroleum neftni qayta ishlash zavodi byudjet hisobiga 122,9 mlrd soʻm oʻtkazgan.

Tamaki mahsulotlari distribyutori Tashkent Tobacco Distribution 119 mlrd soʻm bilan kuchli uchlikni yakunlaydi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda tekstil ishlab chiqaruvchilari byudjetga 3,8 trln soʻm soliq toʻlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek