Rossiyaning Wildberries internet-doʻkoni Oʻzbekistonda yangi tarqatish punktlari ochilishi uchun bir martalik subsidiyalar berishni boshladi. Bu haqda internet-doʻkon matbuot xizmati xabar berdi.
Subsidiya miqdori 28,3 million soʻmni tashkil etadi. Xuddi shunday chora qirgʻizistonlik tadbirkorlar uchun ham amal qilib, mablagʻ 204,5 ming som, yaʼni 28,8 million soʻmni tashkil qiladi.
Joriy yilning fevral oyi holatiga koʻra, mamlakatimizdagi Wildberries tarqatish punktlari soni 109 taga yetdi. Oʻzbekistonliklar har kuni internet-doʻkonga 5 mingdan ortiq buyurtma beradi.
Savdo maydonchasi oʻzbek tovarlari eksportini $1,8 milliardga yetkazishni va respublikada 500 tagacha tarqatish punktlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil oktyabr oyida Wildberries IT Park rezidenti maqomini olgani haqida xabar bergan edi.