Xokkeyning ommalashuvi ortib bormoqda, moliya bilan hammasi yaxshi. Humo klubi mavsumni qanday yakunladi

eʼlon qilindi
Bu haqda jamoa rahbariyati malum qildi
Rasm: Humo matbuot xizmati

Muz saroyida 15-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Humo xokkey klubi rahbariyati ushbu sport turini O‘zbekistonda yanada ommalashtirish maqsadida joriy yilda Toshkent va Samarqand shaharlarida xokkey bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya chempionatlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Humo keyingi mavsumda chempionlik va kubok uchun kurash olib boradi. Buning uchun barcha shart-sharoit mavjud, jamoa moliyaviy ta’minlash bo’yicha butun ligada yuqori oʻrinlardan joy olgan. Shu boisdan ham Humo keyingi mavsumda yaxshi natijalarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, deya javob berdi klub bosh menedjeri Yuris Opulskis.

«Milliy xokkey klubning Toshkentdagi o‘yinlariga har doim 5 mingdan ortiq muxlislar keladi. Jamoa g‘alaba qozonadimi yoki yaxshi o‘yin ko‘rsatolmasa ham, kelgan muxlislar xokkey klubini qo‘llab-quvatlaydi» — dedi Humo bosh treneri Yevgeniy Popixin.

Aytish joizki, o‘tgan mavsum Humo Qozog‘iston kubogi qo‘lga kiritgan edi va chempionatda ikkinchi o‘rin olgan edi. Biroq Play-off bahslarida birinchi bosqichdayoq Qarag‘andaning Sariarqa jamoasiga olti o‘yindan to‘rttasida mag‘lubiyatga uchrab tark etdi.

Avvalroq «Kursiv» xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berilganini e’lon qilgan edi. Toshkentning Feniks klubi MVSK bilan o‘ynagan edi.

Shuningdek