Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrda ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

eʼlon qilindi
22-26-mart kunlari
Rasm: Planet of Hotels

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Navroʻz bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan ochiq eshiklar kuni eʼlon qilindi.

22-26-mart kunlari teatrga kirish hamma uchun bepul. Tashrifchilar shu kunlarda boʻlib oʻtadigan konsertlarga ham tashrif buyurishlari mumkin.

Sana, vaqt va konsert nomlari:

22-mart kuni soat 18:00 da — Italiya musiqa kechasi «Uch tenor»

23-mart kuni soat 18:00 da — Juzeppe Verdi «Aida» operasi

24-mart kuni soat 18:00 da — Rustam Abdullayevning «Sadoqat» operasi

25-mart kuni soat 18:00 da — Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr opera solistlarining konserti

25-mart kuni soat 12:00 va 18:00 da — «Tumor» milliy raqs ansamblining konserti

Teatrga odamlar navbatma -navbat kirishadi, deya taʼkidladi teatr matbuot xizmati.

«Mart oyi repertuaridagi qolgan spektakllarga kirish chiptalar orqali amalga oshiriladi, ularni teatr kassalarida va onlayn xarid qilish mumkin», — deyiladi xabarda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Dohada OʻzRʼning hunarmandchilik anʼanalarini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek