Alisher Usmonovning ukasining kompaniyasi O‘zbekistonda McDonald’s brendini ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi

eʼlon qilindi
Ariza 11-mart kuni topshirilgan
mcdonalds.kz

Adliya vazirligining Intellektual Mulk ma’lumotlariga ko‘ra, Reach Impex kompaniyasi 11- mart kuni McDonald’s brendini ro’yxatdan o’tkazishni boshladi.

Rasm: Intellektual Mulk

16-mart kuni kompaniya arizasi rasmiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Ariza bir necha yo‘nalishda topshirildi: restoran biznesi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish restoranlari va boshqalar.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga (KTYDR) ko‘ra, Reach Impex 2022-yil aprel oyida Davlat xizmatlari markazida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning ustav kapitali 211 million so‘mni tashkil etadi. Kompaniya ta’sischilari Bahodir Usmonov va Abror Abdujabborov.

Bahodir Usmonov rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning ukasi ekanligini Tatler nashriga tayanib, Spot.uz xabar berdi.

Rasm: KTYDR

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil dekabr oyida «Vkusno i Tochka» (Rossiyadagi sobiq McDonald’s) fastfud restoranlari egasi bo‘lmish «Sistema PBO» Rossiya MChJ «Mazali va nuqta» va «Lazzatli va nuqta» savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan edi.

Avvalroq «Kursiv» Papa Johns pitseriya tarmog‘i 2024-yil yanvar oyi oxirida Toshkentda to‘rtinchi pitseriya ochganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek