Dori-darmonlar, suv va kanaliztsiya narxlari ko‘tariladi

eʼlon qilindi
1-apreldan
Rasm: depositphotos.com

2024-yil 1-apreldan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish maqsadida dori vositalari, veterinariya dorilari , shuningdek, tibbiy va veterinariya xizmatlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi matbuot xizmati.

Bu esa bir qator xizmatlar va tovarlar, jumladan, tibbiy va veterinariya xizmatlari, dori vositalari, suv taʼminoti narxlarining oshishiga olib keladi. Kanalizatsiya, sanitariya tozalash va issiqlik ta’minoti narxlari ham oshadi. Ilgari ushbu xizmatlar uchun QQS nol stavkada undirilar edi.

Avvalroq «Kursiv» Benzin narxi ko‘tarilishini e’lon qilgan edi. Neft mahsulotlari ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i AI-80 rusumli avtobenzinning bir tonnasi uchun 37 ming so‘mga oshiriladi.

Shuningdek