Banklarda dollar narxi 12 630 so‘mdan oshdi

eʼlon qilindi
Valyuta birjasida esa uning o‘rtacha narxi 12 559.86 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

18-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 10,14 so‘mga pasaydi va 12 559,86 so‘mni tashkil qildi. Biroq mamlakatning ba’zi banklarida AQSh valyutasining narxi 12 635 so‘mga yetdi.

Moliya institutlari dollarni 12 500 – 12 540 so‘mdan xarid qilishmoqda. Banklarda AQSh valyutasining minimal sotilish narxi 12 570 so‘m darajasida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta, 15-mart kuni dollarning o‘rtacha qiymati deyarli 3 so‘mga ko‘tarilgan edi.

Shuningdek