Mirziyoyev Putinni Rossiya prezidenti saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Byulletenlarni 100 foiz sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Vladimir Putin 85,13 foiz natija bilan g‘alaba qozondi
Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni boʻlib oʻtgan prezident saylovida qozongan gʻalabasi bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zR rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Davlatimiz rahbari maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qatʼiy qoʻllab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi boʻlgani taʼkidlanadi»,— deb yozadi Asadov.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyada byulletenlarni 100 foiz sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Vladimir Putin 85,13 foiz natija bilan g‘alaba qozonganini yozgan edi.

Shuningdek