Navro‘zda pulni tejash uchun taksi chaqirishning eng yaxshi vaqti qachon

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Bu haqda Yandex Go mutaxassislari xabar berishdi
Foto: Yandex Go

Yandex Go mutaxassislari Navro’z bayrami munosabati bilan bayramlarda taksiga ko’p pul sarflamaslik uchun sayohatlarni qaysi vaqtda rejalashtirish yaxshiroq ekanini aytishdi.

Shunday qilib, 21-mart kuni taksida sayohat qilish uchun eng yaxshi vaqt 18:00 gacha va 00:00 dan 02:00 gacha. 22-mart kuni esa pulni tejash uchun taksi xizmatlaridan soat 18:00 dan oldin va 20:00 dan keyin foydalanish yaxshidir. 23 va 24 mart kunlari yo‘lovchilar taksiga soat 17:00 dan oldin yoki 20:00 dan keyin buyurtma bersalar, mablag‘larini tejashlari mumkin bo‘ladi.

Ayni paytda talab kamayganligi sababli taksida yurish tezroq va arzonroq bo‘ladi, deydi mutaxassislar.

Yandex Go yo’lovchilarga naqd pul to’lashda elektron cheklar berishni boshlagani haqida avval xabar berilgan edi.

Shuningdek