O‘zbekiston liftlariga Rossiya qiziqish bildirmoqda

eʼlon qilindi
Rossiya delegatsiyasi “Osten” korxonasiga tashrif buyurdi
Rasm: Rossiya sanoat va savdo vazirligi

Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Mihail Ivanov O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan «Osten» lift va eskalatorlariga tashrif buyurdi. Tomonlar hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

«Yuqori tezyurar liftlar va eskalatorlar ishlab chiqarish ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishi hisoblanadi», — deya Ivanovning soʻzlaridan iqtibos keltiriladi materialda.

Rasmiyning qoʻshimcha qilishicha, bu boradagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari tegishli idoralar oldiga qoʻygan maqsadlarga mos keladi.

Rossiya sanoat va savdo vazirligining tushuntirishicha, mamlakatlar vakillari O‘zbekistondan Rossiyaga tezyurar liftlar va eskalatorlar uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilishgan.

Osten zavodi Toshkentda joylashgan. Korxona Shanxay Mitsubishi kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, u avtomatik va lift eshiklarini ishlab chiqaradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Rossiyaning kinoprokat tizimiga qiziqa boshlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek