Yangi Zeekr elektromobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib keldi

eʼlon qilindi
O‘zRda eng mashhur Zeekr modellari, jumladan, Zeekr X city krossoveri, Zeekr 001 modeli taqdim etiladi
Rasm: Zeekr

2024-yil 18-mart kuni Toshkentda O‘zbekiston bozoriga Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchisi kirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda eng mashhur Zeekr modellari, jumladan, Zeekr X city krossoveri, Zeekr 001 modeli taqdim etiladi. Oxirgisi Ginnesning kitobiga ikkita rekord bilan kirgan – driftda eng yuqori tezlikda yurishi va 50 konusdan iborat slalomdan eng tez o‘tganligi uchun. 2023-yil dekabr oyida taqdim etilgan yangi Zeekr 007 sedani ham sotuvga chiqariladi.

Yetkazib berish iyun oyiga rejalashtirilgan, biroq mashinalar sotuvda hozir ham mavjud. Tarqatish va sotishdan keyingi xizmatlar bo’yicha shartnoma allaqachon imzolangan.

Avvalroq «Kursiv» BYD elektromobillarining narxlari pasayganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek