Afgʻoniston delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi

eʼlon qilindi
Afg‘oniston vakillari “Hazrati Imom” majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi
Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi

Afgʻoniston delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi. Unga Tolibon harakatining Haj va vaqf vaziri vazifasini bajaruvchi Nur Muhammad Saqib rahbarlik qildi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi xabar berdi.

Muloqotda tomonlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi aloqalar rivojlanib borayotgani, turli yoʻnalishlardagi hamkorlik munosabatlari, yaqin qoʻshnichilik va doʻstlik aloqalari mustahkamlanayotganini bildirdi.

Shuningdek, delegatsiya «Hazrati Imom» majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent islom institutida ham boʻlib, poytaxtimizdagi «Islomobod» jome masjididagi taroveh namozida ishtirok etdi.

Mehmonlarga Oʻzbekiston Bosh muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov hamrohlik qildi.

Avvalroq Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitidagi nutqiga Afgʻonistonda tinchlik va barqarorni oʻrtanish haqida gapirgan edi.

Shuningdek