Bokschi Isroil Madrimovga mayor unvoni berildi

eʼlon qilindi
Avvalroq sportchi WBA chempioni bo'lgandi
Foto: IIV

Isroil Madrimov muddatidan avval ichki ishlar organlari mayori unvonini oldi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati.

Eslatib o’tamiz, Madrimov joriy yilning 8 mart kuni Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni unvonini qo’lga kiritgan edi. O‘zbekistonlik bokschi Saudiya Arabistonida rossiyalik bokschi Magomed Kurbanov ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Bundan avval Madrimovga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg‘a – Tahoe avtomobili topshirildi.

Avvalroq Kursiv o‘zbekistonlik bokschi Saidjamshid Jafarov jahon chempioni Kuinse Okazavani mag‘lub etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek