Oʻzbekistonda “Offshore Outsourcing Tour 2024” Forumi boʻlib oʻtmoqda

eʼlon qilindi
Tadbirga Toshkent va Samarqand mezbonlik qiladi
Foto: IT Park

18-20 mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Park texnoklasteri hamkorligida tashkil etilgan «Offshore Outsourcing Tour 2024» tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Forum respublikaning IT sohasi va autsorsingdagi salohiyatini namoyish etishga qaratilgan. Uch kun davom etadigan forumda dunyoning turli burchaklaridan ikki yuzdan ortiq vakil ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Tech Expo koʻrgazmasi ochildi. Unda IT Park rezidentlari oʻzlarining texnologik yechimlarini taqdim etdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mahalliy IT taʼlim markazlari va ITES firmalari faoliyati bilan ham tanishdi.

19-20 mart kunlari «Offshore Outsourcing Tour» Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekistonning ushbu qadimiy shahrida ishtirokchilar Oʻzbekiston IT autsorsing bozorini muhokama qiladi.

Uch kun davom etadigan tadbir xorijiy kompaniyalarga respublikaning sarmoyaviy salohiyatini oʻrganish imkonini berishi kutilmoqda. shu bilan birga, forum mamlakatimizda hududiy vakolatxonalarni ochishga qiziqishni ham oshirishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Oʻzbekistonning IT autsorsingdan tushgan daromadi uch baravarga oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek