Oʻzbekistondagi eng yaxshi mobil ilova qaysi bankda

eʼlon qilindi
SNS Ratings reytingiga ko‘ra
Foto: Unsplash

SNS Ratings agentligi Oʻzbekistondagi tijorat banklarining mobil ilovalari reytingini tuzib chiqdi.

Roʻyxatni tuzishda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, Google Play va App Store internet-doʻkon ilovalari foydalanuvchilarining sharhlari inobatga olindi. Bunda Fevral oyidagi baholar ham hisobga olingan.

Birinchi oʻrinni «Ideal» bahosi bilan 96,09 ball toʻplagan Anor banki ilovasi egalladi.

Ikkinchi oʻrinni «Namunali» reyting bilan 93,15 ball olgan Ipak yoʻli banki ilovasi egalladi.

Kuchli uchlikni «Namunali» reyting bilan 91,97 ball toʻplagan Uzum Bank dasturi yakunlaydi.

Eng yomon natijalarni AVO Bank (54,1 ball), Madad Invest Bank (54 ball) va Ziarat Invest Bank (49,26 ball) ilovalari qayd etdi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yil yakunida Kapitalbank bank faoliyati reytingida birinchi oʻrinni egallagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek