Navro‘z bayramida Toshkent metrosi qanday ishlaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Roman Fedotov

Toshkent metrosi 21-23-mart kunlari shanba kuniga belgilangan jadval asosida ishlaydi, deb xabar qildi «Toshkent metropoliteni» DUK matbuot xizmati.

24-mart kuni poytaxt metrosida poyezdlar yakshanba kuniga belgilangan jadval asosida, soat 5:00 dan boshlab harakatlanadi, deya aniqlik kiritdi kompaniya.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda Navro‘z bayrami «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida o‘tkaziladi. Respublikamizning barcha shahar, viloyat va qishloqlarida xalq sayillari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv Navro‘z bayramida Toshkentda avtobuslar qanday harakatlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek