Yangiliklar

Yandex Go Navro‘z bayrami munosabati bilan maxsus tarifni ishga tushirdi

Kompaniya yaqinlashib kelayotgan bayram sharafiga avtomobillarni bezatdi
Foto: Yandex Go

Navro‘z bayrami munosabati bilan Yandex Go taksi xizmati barcha o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun «Mehmonga» tarifini ishga tushirdi. Undagi sayohat narxi «Ekonom» ga teng bo’ladi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Tarif nomi yaqinlarni ziyorat qilish va bayramona ziyofatlar uyushtirish kabi koʻp asrlik anʼanalar mazmunini anglatadi», — deyiladi xabarda.

Yangi tarif mamlakatimizda joriy yilning mart oyi oxirigacha amal qiladi. Shuningdek, Toshkent ko‘chalarida maxsus bezatilgan avtomobillar paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, Yandex Go poytaxt aholisi uchun 21-23 mart kunlari Riviera savdo markazida foydalanish mumkin bo’lgan beshta mehmon uy tayyorladi. Ularda mehmonlar oʻzbek milliy oʻyinlari oʻynashlari, otkritka jo‘natishlari yoki Yandex Go‘ga sayohatlarda chegirma bilan promo-kod yutib olishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq «Kursiv» pulni tejash uchun Navro‘zda taksi chaqirish qaysi vaqtda yaxshiroq ekanligi haqida yozgan edi.