JCH—2026 saralashi. Oʻzbekiston safarda Hongkongni mag‘lub etdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
2:0 hisobida
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida bugun, 21-mart kuni Hongkongga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi boʻlimida darvozalar ishgʻol etilmadi.
Ikkinchi boʻlim boshida vakillarimiz hisobni ochdi. 49-daqiqada Eldor Shomurodov oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi. 66-daqiqada esa Rustam Ashurmatov hisobni ishonchli koʻrinishga olib keldi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Oʻzbekiston 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Ushbu gʻalabadan soʻng terma jamoasimiz E guruhida ochkolari sonini 7 taga yetkazib, guruh pishqadamiga aylanib oldi. Guruhning ikkinchi oʻyini Eron va Turkmaniston jamoalari oʻrtasida kechadi. Javob uchrashuvi 26-mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.