Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda aholining himoyaga muhtoj qismiga yurak jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi

eʼlon qilindi
Tomonlar $3 mlnlik shartnoma imzoladi
Foto: Piqsels

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasida Oʻzbekistonda aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ochiq yurak jarrohlik amaliyotini oʻtkazish va stentlar oʻrnatish boʻyicha kelishuv imzolandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon A’loyevning Saudiyaga tashrifi doirasida Ar-Riyod shahrida Podshoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari Abdulla ar-Robiya bilan hamkorlik shartnomsi imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati boʻlsa, $3 millionni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda oʻzbekistonlik 39 nafar bemorga jigar transplantatsiyasi bepul amalga oshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek