Mart oyida dollarning narxi qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
20-martga kelib, dollar o‘zining eng yuqori qiymatiga yetdi
Foto: Pexels

AQSh valyuta kursi mart oyida rekordlarni yangiladi. Fevral oyi oxirida bir dollarning o‘rtacha qiymati valyuta birjasida 12 496,8 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 20-mart holatiga ko‘ra 12 575 so‘mga ko‘tarildi.

Bu vaqt ichida so‘m Amerika valyutasiga nisbatan 0,63 foizga qadrsizlangan. 5-martga qadar kurs yuqori dinamikani ko’rsatdi, ammo keyin biroz pasaydi. 11-mart kuni Amerika valyutasi yana ko‘tarilib, oy o‘rtalariga kelib 12 570 so‘mga yetdi. Keyin yana qisqa muddatli korreksiya kuzatildi va o’sishga qaytdi. 20-martga kelib, dollar ko’rib chiqilayotgan davr uchun eng yuqori qiymatiga yetdi.

Manba: UzRVB sayti

Mutahasislar ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda Amerika valyutasi birinchi yarim yillikdagi 12 700 so‘m chegarasidan o‘tishi mumkin. Yil oxiriga kelib, qiymati, ehtimol, 13 mingga ko’tariladi.

Shuningdek