Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi oʻz missiyasini yakunladi

eʼlon qilindi
Maqsudov ushbu lavozimda 2018-yildan beri ishlab kelayotgan edi.
Foto: «Dunyo» axborot agentligi

Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulugʻbek Maqsudov diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Maqsudov ushbu lavozimda 2018-yildan beri ishlab kelayotgan edi. Qirollik rasmiylari bilan oʻtgan xayrlashuv uchrashuvlarida taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni munosabatlari sezilarli darajada faollashdi.

Ayni paytda Saudiya Arabistonining Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami sarmoyasi $30 milliarddan ortiqni tashkil etadi.

Avvalroq «kursiv» Oʻzbekiston Vengriyadagi yangi elchisi tayinlanganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek