
Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulugʻbek Maqsudov diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Maqsudov ushbu lavozimda 2018-yildan beri ishlab kelayotgan edi. Qirollik rasmiylari bilan oʻtgan xayrlashuv uchrashuvlarida taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni munosabatlari sezilarli darajada faollashdi.
Ayni paytda Saudiya Arabistonining Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami sarmoyasi $30 milliarddan ortiqni tashkil etadi.
Avvalroq «kursiv» Oʻzbekiston Vengriyadagi yangi elchisi tayinlanganligi haqida xabar bergan edi.