Qazaq Air Turkistondan Samarqandga muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻydi

eʼlon qilindi
Air Marakanda bilan hamkorlikda
Foto: Air Marakanda

Qazaq Air aviakompaniyasi Air Marakanda bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi. Kelishuv doirasida Qozogʻiston aviakompaniyasi Turkiston – Samarqand – Turkiston yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni amalga oshiradi.

Birinchi parvoz 23-martga oʻtar kechasi amalga oshirildi. Samarqand aeroportida anʼanaga koʻra havo kemasi suv arkasi va oʻzbek milliy musiqasi bilan kutib olindi.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta De Havilland Dash-8-Q400NG samolyotlarida amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Polshaning LOT aviakompaniyasi Varshava va Toshkent oʻrtasida muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek