Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida memorial yodgorlik tashkil etildi

eʼlon qilindi
Diplomatik missiya binosida shamlar yoqildi
Foto: NOVA24

Toshkent aholisi Moskva yaqinidagi Crocus City Hall savdo markazida sodir etilgan terakt qurbonlariga hamdardlik bildirish maqsadida Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi yonida memorial yodgorlik oʻrnatdi. Bu haqda NOVA24 xabar bermoqda.

Diplomatik missiya binosida shamlar yoqildi, poytaxt aholisi va mehmonlari elchixonaga gullar olib keldi.

Eslatib oʻtamiz, 23-martga oʻtar kechasi Moskva viloyatining Krasnogorsk shahridagi Crocus City Hall savdo markazida terakt sodir etildi. Nomaʼlum shaxslar tashrif buyuruvchilarga qarata oʻq uzgan. Terakt oqibatida 60 ga yaqin odam halok boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar orasida bolalar ham bor.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kremlga hamdardlik bildirganini va Crocus Siti Halldagi teraktni qoralagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek