Shavkat Mirziyoyev Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Vladimir Putinga taʼziya yoʻlladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva viloyatida yuz bergan terakt munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.

Maktubda Oʻzbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qatʼiy qoralashi bildirilgan.

Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

Avvalroq «Kursiv» Moskva viloyatidagi terakt oqibatlari haqida yozgan edi. O’nlab odamlar halok bo’ldi.

Shuningdek