Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari hamkasbiga hamdardlik bildirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-mart kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali Crocus City Hallʼda yuz bergan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.

«Davlat rahbari Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqi nomidan vafot etganlarning oila aʼzolariga bardamlik, jarohatlanganlarga tez fursatda shifo topishlarini tiladi. Begunoh insonlarga qarshi qaratilgan ushbu jinoyat yana bir bor qatʼiy qoralandi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Vladimir Putin, oʻz navbatida, Shavkat Mirziyoyevga ushbu ogʻir damda bildirilgan dalda soʻzlari va zarur koʻmakni koʻrsatishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, terakt oqibatida 115 kishi halok boʻlgan, qurbonlar soni hali oshishi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek