Abdulla Aripov Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

eʼlon qilindi
Bosh vazir Rossiya elchixonasiga tashrif buyurdi
Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya elchixonasiga tashrif buyurib, ushbu mamlakat xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni kechqurun Moskva yaqinidagi Crocus City Hallʼda terakt sodir boʻlgan edi. Bugunga kelib, 137 kishi halok boʻlgani, 180 dan ortiq kishi jarohat olgani maʼlum.

Shuningdek, Terakt vaqtida bedarak yoʻqolgan ikki qirgʻizistonlik ayol haqida ham xabarlar bor. Qirgʻizistonning Rossiya federatsiyasidagi elchixonasi ularni qidirmoqda.

Ertasi kuni Bryansk viloyatida terakt sodir etgan toʻrt nafar jinoyatchi qoʻlga olindi. Ulardan ikki nafari Tojikiston fuqarolari ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Bundan avval Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov va boshqalar Rossiya xalqiga hamdardlik bildirgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Yekaterinburgdagi Grinvich savdo-koʻngilochar markaz maʼmuriyati Markaziy Osiyodan kelgan ishchilar haqida maʼlumot yigʻishni boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek