Isroil mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan 700 ga yaqin falastinlikni HAMAS guruhining garovga olinganlariga almashtirish taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda CNN manbalari xabar berdi.
Odamlar almashinuvi tashabbusi Amerika Qo’shma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasidan chiqqan. Isroil bunga rozi bo‘ldi, ammo HAMASning munosabati hali noma’lum.
Agar kelishuv amalga oshsa, 40 dan 100 nafargacha isroillik garovga olinganlar uylariga qaytishlari mumkin bo’ladi. Bular keksalar, kasallar, yaradorlar, ayollar va askarlardir.
Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro 2023-yil oktabr oyida, guruh Isroil hududiga hujum qilganda keskinlashgan. Bunga javoban harbiy operatsiya boshlandi.
HAMAS hujumi chog‘ida Isroil tomonida 1,2 ming kishi halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Harbiy harakatlar 32 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin bo’ldi.
Avvalroq «Kursiv» mintaqada vaqtinchalik sulh tuzishga chaqiriqlar haqida yozgan edi.