Oʻzbekiston Tokioning Markaziy Osiyodagi strategik hamkori — Yaponiya TIV

eʼlon qilindi
Yaponiyalik diplomat mamlakatimizdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ham qoʻshimcha qildi.
Foto: «O‘zto‘qimachiliksanoat»

Tokio Oʻzbekistonga Markaziy Osiyodagi strategik hamkor sifatida qaraydi va respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy baholaydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar oʻrinbosari Yoichi Fukazava Oʻzbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda taʼkidladi.

Shuningdek, yaponiyalik diplomat mamlakatimizdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ham qoʻshimcha qildi.

Yaponiya Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgan davlatlardan biri boʻlib, 1992-yildan boshlab davlatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan.

Oʻzbekiston respublikasi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi hajmi $105,2 millionni tashkil etib, bu bir yil davomida 4,3 baravarga oshganini koʻrish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Tokioning ustuvor yoʻnalishi Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlash ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek