O‘zbekistonlik bokschilar Great Silk Way turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi

eʼlon qilindi
Musobaqa Ozarbayjonda bo'lib o'tmoqda
Foto: Piqsels

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan Great Silk Way turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘llanma oldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Ikkinchi bahsda Asilbek Jalilov, Xo‘janazar Nortojiyev, Qodir Axtamov, Baxtiyor Asadov va boshqa sportchilar ishtirok etadi.

Ta’kidlash lozimki, Great Silk Wayning ikkinchi bosqichi 25-mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Kursiv o‘zbekistonlik sportchi Isroil Madrimov Butunjahon boks assotsiatsiyasiga ko‘ra jahon chempioni bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek