Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti qachondan oʻchirilishi maʼlum qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda shahar hokimligi ma'lum qildi
Foto: Unsplash

Toshkentda isitish mavsumi 26-mart kunidan yakunlanishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda poytaxt hokimiyati.

Poytaxtda isitish tizimi oʻtgan yilning noyabr oyi boshidan yoqilgan edi. Toshkentda undan oldingi isitish mavsumi 2022-yilning oktyabr oyi oxiridan oʻtgan yilning mart oyining oʻrtalarigacha davom etgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlangach, isitish va issiq suv uchun tariflar 15 foizga oshirilishi kutilmoqda. Narxning oshishiga elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar narxining oshgani sabab boʻlgan.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentda tadbirkorlar uchun issiq suv tariflari oshirilishi haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek